O‘qitish sohasi bo‘yicha suhbat
2024 yil 19 fevral kun “Ekologiya va huquq” fakultetining Xotin-qizlar kengashi tashabbuskorligida “O‘qitish nazariyasi va metodikasi” kafedrasi professor-o‘qituvchilari bo‘lgan soha mutaxassislari va talaba qizlar ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbirda professor G.Sabirova o‘z tajribalaridan kelib chiqqan holda xorijiy tillarni mustahkamlash, maqolalar, tezislar yozish, fan olimpiadalarida ishtirok etish masalasi bo‘ycha suhbatlashishdi. Davra suhbatida filologiya va tillarni o‘qitish sohasidagi yutuqlar haqida har bir mutaxassis o‘z kasbiga vijdonan yondashishi, topshiriqlarni mas’uliyat bilan bajarish kerakligi, o‘z kasbiga sodiq, fidoyi bo‘lishlarini bo‘yicha tavsiyalar berildi. Davra suhbati yoshlarda o‘ziga bo‘lgan ishonchni oshirish, kelajakda qiziqqan sohasining yetuk mutaxassisi bo‘lib yetishishlari, shuningdek, sohadagi yuqori natijalar qayd etgan mutaxassislardan o‘rnak olish kabi jihatlariga ham e’tibor qaratildi. Suhbat davomida talaba qizlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar.
"Ekologiya va huquq" fakulteti Xotin - qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi B.Mamadaminova axboroti
Universitet matbuot xizmati