TIQXMMI yangiliklari

img
03.02.2023

O’qishdan maqsad uqishdir

Bugun soat 13:30 da "Notiqlik mahorati" oʻquv kursining navbatdagi mashg’uloti bo’lib o’tdi.  “Turonbank” xonasi bandligi sababli dars ustoz Rahimboy Jumaniyozovning xonalarida boʻlib oʻtdi. Insoniyat qadim zamonlardan so‘z va nutqdan foydalanib keladi. Kishilik jamiyati paydo bo'libdiki, so'z va nutqdan foydalanish, uning imkoniyatlari doirasida fikr yetkazish va qabul qilishning turli usullari shakllangan. Zamon rivoji, insonlar dunyoqarashi jadal rivojlangan va yuksak taraqqiy etgan texnologiyalar davrida notiqlikning o'rni beqiyos. Ustoz bu jumlalarni qayta - qayta takrorlaydilar. Bugungi dars mashgʻulotida talabalar jahon maʼnaviyatining buyuk siymosi Alisher Navoiyning "Ibratli va xislatli hikoyalar toʻplami" kitobidagi hikoyalarni oʻqishdi hamda ularning mazmunini anglashdi. Ustoz Rahimboy Jumaniyozov kitobdan koʻpgina ibratli hikoyalarni oʻqib, ularni hayotdagi voqelar bilan solishtirib, talabalarni halollikka, kimsaning haqiga xiyonat qilmaslikka undaydigan fikr mulohazalarni bildirib oʻtdilar. Hikoyalarni magʻzini chaqqan talabalar darsda talabalar faol ravishda ishtirok etishdi. Fursatdan foydalanib dars mashgʻulotini tashkil etgan universititimiz rektoriga va jonboz ustozimiz Rahimboy Jumaniyozovga tashakkur bildiramiz.

“ENERGETIKA” fakulteti 1-bosqich talabasi T.Shukurullayev  axboroti

Universitet matbuot xizmati