Oʻqish masʼuliyati va ish majburiyati bilan
Yoshlarda mehnat koʻnikmasini shakllantirish, oʻqishga va ishga muhabbat uygʻotish bevosita bu sohaga eʼtibor muhimligini, ayni damda xuddi shu yoʻsinda islohotlar va keskin chora-tadbirlar olib borish zaruratini keltirib chiqarishi tabiiy.
Shuning uchun ham ana shu masala nuqtai nazaridan yaqindagina Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning raisligida yoshlar bandligini taʼminlash va va boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish chora-tadbirlari muhokamasi yuzasidan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtgandi. Unda yoshlar bilan ishlash boʻyicha yangicha tizimni joriy etish borasidagi dolzarb vazifalar muhokama qilindi.
Davlatimiz rahbari bu ishlarni ikkita muhim yoʻnalishda tashkil qilish zarurligini koʻrsatib oʻtdi. Birinchisi – yoshlar tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash, kasb-hunarga oʻqitish orqali ularning bandligini taʼminlash boʻlsa, ikkinchisi – yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etishdir. Shuningdek, oʻgʻil-qizlarni tadbirkorlarga biriktirib, ularda biznes koʻnikmalarini shakllantirish, imtiyozli kreditlar ajratib, oʻz faoliyatini boshlashga koʻmaklashish zarurligi ham aytildi. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga joylarda yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari tashkil yetish boʻyicha koʻrsatma berildi Yigʻilishda bu muammolarni manzilli hal yetish uchun har bir tuman va shahar kesimidagi ustuvor vazifalar koʻrsatib oʻtilgandi.
Bu masala va vazifaning ijrosi borasida Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universitetida Mirzo Ulugʻbek tumani masʼullari bilan bir necha marta tadbirlar uyushtirildi. Unda hokimning yoshlar masalalari boʻyicha oʻrinbosari – yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish yuzasidan tuman prokurori hamda ish beruvchi tashkilotlar - Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, “Uzkabel” aksiyadorlik jamiyati, “Sugʻurta” kompaniyasi kabilardan mutasaddi xodimlar tashrif buyurishgandi. Bu masala boʻyicha deyarlik har kuni talabalarning qiziqishi ortib borayotgani ahamiyatlidir. Ishlash istagi boʻlgan talabalarni M.Ulugʻbek tuman bandlik markazi masʼullaridan toʻgʻridan-toʻgʻri maʼlumot olishlari uchun maxsus guruh tashkil etilgan boʻlib bu jarayon qizgʻin davom etmoqda. Mana bu jadval orqali jonli jarayon borasida aniq va toʻla maʼlumot olishingiz mumkin.
Universitet matbuot xizmati