TIQXMMI yangiliklari

img
01.11.2023

Oqila qizlar – jamiyat tayanchi

         “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti psixologi M.K.Muhammedova  “Iqtisod”, “Gidrotexnika qurilishi”, “Yer resurslari va kadastr”, “Gidromelioratsiya” fakultetlarining mahoratli va matonatli, zukko, serg'ayrat, bilimga chanqoq, har ishda uddaburon bo'lgan talaba qizlari, Xor jamoasi vakillari ishtirokida qizlarni oilaga tayyorlash, pazandachilik mahoratlarini oshirish, mehmonnavozlik xususiyatlarini rivojlantirish maqsadida “Arzanda bo'lmang, pazanda bo'ling!” shiori ostida tadbir tashkil etdi. Tadbirda qizlarimiz o'z qo'llari bilan xonim va kuzgi servitamin salatlar tayyorlashdi.

 

        Dasturxon tuzab Xor jamoasining barcha vakillari va pedagog xodimlarni taklif  etishdi. Barcha yig'ilish ishtirokchilari kamtarin dasturxon atrofida o'tirib, qizlarimizning pazandachilik mahoratlari orqali tayyorlagan taomlardan tanovul qilishib, pazanda qizlarimizga o'z minnatdorchiliklarini bildirib o'tishdi. Ushbu tadbirlar qizlarimizning oshpazlik, pazandalik, sarishtalik, mehmonnavozlik mahoratlarini oshirish bilan birgalikda, talabalar o'rtasida mehr-oqibat, jipslashish, hurmat, e'tiborning kuchayishiga; yigitlarimizda oila boshqarish mahoratining oshishiga yordam beradigan omil hisoblanganligi bois, kelajakda bu kabi tadbirlarni ko'plab uyushtirishni maqsad qilganimiz holda yig'ilish o'z nihoyasiga yetdi.

Universitet psixologi M.K. Muhammedova axboroti

“TIQXMMI” MTU matbuot xizmat