Onalarni e’zozlagan yurt
Bugun ''TIQXMMI'' Milliy tadqiqot universiteti Xotin-qizlar kengashi raisi Z. Ismailova, N. Yuldasheva va jamoa kasaba uyushmasi raisi Farruh Irisovlar O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston Xalq shoiri, atoqli davlat arbobi marhum Abdulla Oripov xonadoniga tashrif buyurdi. Shoir Abdulla Oripovning rafiqalari Hanifa aya bilan bir piyola choy ustida ma'zmunli va maroqli suhbat o'tkazildi hamda ayni damda yaqinlashib kelayotgan 8 - Mart ''Xalqaro xotin-qizlar'' kuni munosabati bilan tabriklab, Milliy tadqiqot universiteti rahbariyati va jamoasi nomidan bayram tabrigini yetkazishdi. Suhbat davomida Hanifa aya mamlakatimizda xotin-qizlarga qaratilgan e’tibor va hurmat, amalga oshirilayotgan ishlar haqida to‘lqinlanib gapirib berdilar. Tashrif yakunida onaxon shoir A. Oripov qalamiga mansub “Ayol” she’rini mehmonlarga o‘qib berdi.
Universitet matbuot xizmati