TIQXMMI yangiliklari

img
19.10.2022

Ona tilim qadimlikda o‘xshar ona tuproqqa …

Bugun ona yurtimizning har bir go‘shasida katta tantana. Beg‘ubor va jozibador ona tilimizga Davlat tili maqomi berilganiga 33 yil to‘ldi. Ona tili – millatning ruhi, uning or-nomusi, ma’naviy qiyofasi, orzu-umidlarning namunasidir. Ona tili millatning birligi va birdamligining timsolidir. Shu munosabat bilan 19 oktabr kuni "Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" Milliy tadqiqot universiteti Suv xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish fakultetiga qarashli 111- va 109- rusiyzabon talabalari bilan “Ona tilim  qadimlikda o‘xshar ona tuproqqa”  mavzusida tayyorlangan adabiy-badiiy ochiq dars mashg‘uloti o‘tkazildi. Barchamizga ma’lumki, 1989-yil 21-oktabr “O`zbekiston Respublikasining Davlat tili to`g`risida“gi Qonuni qabul qilindi. O`zbek tiliga “Davlat tili” maqomi berildi. Yurtimizda 130 dan ortiqroq millat va elat vakillari istiqomat qiladi. Bugungi bayram nafaqat o‘zbek xalqining, balki shu zaminda yashayotgan qardosh xalqlarning ham sevimli bayramidir. Mazkur ochiq dars  kreativ  va innovatsion  usulda tashkil etilib, zakovat bilimdonlari o‘zaro kuch sinashdi, eng yaxshi esse mualliflari taqdirlandi, ochiq darsning asosiy qahramonlari   birinchi kursning iqtidorli talabalari  bo‘lishdi. Ular turli millat vakillari bo‘lishiga  qaramasdan o‘zbek adabiy tilida  she’r  o‘qishdi, g‘azal aytishdi, badiiy sahna ko‘rinishlari  orqali o‘zbek tilini naqadar sevishlarini tarannum etishdi. Ochiq darsda fakultet dekani, kafedra mudiri, fan o‘qituvchilari ham ishtirok etishdi.

Dotsent N.Yuldasheva axboroti

Universitet matbuot xizmati