TIQXMMI yangiliklari

img
19.11.2022

Omonatga xiyonat bu munofiqlik belgisidir

       “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti”- Milliy tadqiqot Universiteti “Gidromelioratsiya” fakulteti tyutorlari G. Axmedjanova, Z. Tursunova, D. Axrarovalar va Universitet psixologi M. Muxamedovalar bilan hamkorlikda joriy yilning 18 - noyabr sanasida 4- Talabalar turar joyining “Ma’naviyat xonasi”da talaba qizlarga “Omonatga xiyonat” mavzusida qiziqarli davra suhbati o‘tkazildi. Davra suhbatida omonatga xiyonat deganda sirni fosh qilish, o‘ziga topshirilgan narsani yo inkor etish, yo ehtiyot qilmaslik yoxud ruxsatsiz foydalanish yo‘li bilan xiyonat qilish tushunilishi hamda har bir inson halol rizq talab qilishi bilan birga, birovning haqqidan hazar qilishi va o‘zgalarning molini nohaq yo‘llar bilan o‘zlashtirmasligi o‘ta muhimligi hayotda o‘zgalarning haqqiga tajovuz qiladigan, o‘zgalar molini o‘zlashtirib oladigan kimsalar, garchi ko‘zga uddaburon kishilar bo‘lib ko‘rinsa-da, nochor va bechora kishilar aynan o‘shalar ekanligi haqida qiziqarli suhbat bo‘lib o‘tdi.

Birovni haqqini yeyish ikki xil yo‘l bilan bo‘ladi: birinchisi – zulm orqali, bunga zo‘rlik bilan tortib olish, xiyonat, o‘g‘rilik, talonchilik bilan yeyish kiradi, ikkinchisi esa hazil – o‘yin orqali ya’ni bunga qimor va turli ermaklar kiradi.  O‘tmishda ajdodlarimiz birovning haqqidan qattiq hazar qilishgan, o‘zganing haqqini olish u yoqda tursin, o‘zlari bilmagan holda tasodifan kelib qolsa ham undan zudlik bilan qutilishgan.  Talabalar bilan o‘tkazilgan bu suxbat juda ham qiziqarli savol- javoblarga boy tarzda o‘tkazildi, hamda bu davra suhbati ularga juda ham ma’qul bo‘lganligini bildirdilar.  

“Gidromelioratsiya” fakulteti  tyutori G.Z.Axmedjanova axboroti

Universitet matbuot xizmati