“Ommaviy madaniyat” tushunchasi haqida suhbat
Joriy yilning 3 may sanasida “TIQXMMI” – Milliy tadqiqot Universiteti “Gidromelioratsiya” fakulteti talaba qizlariga 4-talabalar turar joyida “Ommaviy madaniyat” bo‘yicha davra suhbati tashkil qilindi. Davra suhbatida “Ommaviy madaniyat” tushunchasi, uning mazmun va mohiyati haqida so‘z yuritildi. “Ommaviy madaniyat”da asosan behayolik, zo‘ravonlik, firibgarlik, giyohvandlik, mayxo‘rlik kabi illatlar to‘g‘risida tushunchalar berildi. Hayotning ma’nosi shundan iborat degan zararli g‘oya yoshlarning qalbi va ongiga singdiriladi. Boshqacha aytganda, “Ommaviy madaniyat” yoshlarning hayotini umuman zaharlaydi, ularni o‘z tarixi, milliy qadriyatlari, xatto ota-onasiga bo‘ysunmaydigan manqurtga aylantirib qo‘yadi. Talaba-qizlarimiz “Ommaviy madaniyat” tushunchasiga ega bo‘ldilar va o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berdilar. Davra suhbati qiziqarli tarzda yakun topdi.
“Gidromelioratsiya” fakulteti tyutori G. Z. Axmedjanova axboroti
Universitet matbuot xizmati