TIQXMMI yangiliklari

img
19.05.2023

Omad maqsadi borlarga boqadi

“TIQXMMI” MTU 1-TTJda Xor jamoasi vakillari bilan universitet psixologi va Xor jamoasi rahbari M.K.Muhammedova va GM fakulteti tyutori D.Axrarovalar hamkorlikda “Omadni qanday qilib buyurtma berish mumkin?” mavzusida mahorat darsi tashkil etdilar. Mahorat darsi talabalarda aniq maqsad qo'yish, omadni jalb qilish malakasini  shakllantirish maqsadida tashkil etildi. Tadbirda omadni buyurtma qilish texnikasi, ya'ni maqsad qo'yish va unga erishish uchun botiniy ongni dasturlash borasida so'z yuritildi. Ushbu texnika quyida keltirilgan 4 ta qadamdan iborat ekani: 1 – qadam trans holatiga tushish, 2 – qadam istaklarni obrazli (tasviri)ni hosil qilish, 3 – qadam botiniy ong roziligini olish, 4 – qadam ishtirokni to'xtatish haqida va ushbu texnikani amalda sinash yo'l yo'riqlari haqida ko'rsatma hamda ma'lumotlar berildi. Barcha talabalar tadbirda faol ishtirok etishdi. Tadbirning ikkinchi qismida talabalarda jipslik va birdamlik hissini oshirish maqsadida, kofe breyk sifatida o'zbek xalq taomlaridan xonim tayyorlab dasturxon yozildi. Barcha talabalar tadbirdan o'zlari uchun yangi olamlar kashfiyot etishgan holda yig'ilish nihoyasiga yetkazildi.

 Universitet psixologi M.K. Muhammedova axboroti

“TIQXMMI” MTU matbuot xizmati