TIQXMMI yangiliklari

img
07.12.2021

Olov tilsiz yov ekanini bilish muhim

Respublikamizda 15-noyabrdan 15-dekabrga qadar “Yong‘in xavfsizligi oyligi” deb e’lon qilingan. Mazkur oylik doirasida FVB xodimlari daxldor tashkilotlar bilan hamkorlikda ko‘p qavatli aholi turar joylarida, ijtimoiy soha obyektlarida, ishlab chiqarish korxonalarida fuqarolar bilan sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan yong‘inlar, gaz-havo aralashmasining chaqnashi, fuqarolarimizning is gazidan zaharlanishi va boshqa turdagi favqulodda vaziyatlarning oldini olishga qaratilgan turli uchrashuvlar, seminarlar, davra suhbatlari va yong‘in-taktik o‘quv mashq va mashg‘ulotlari samarali o‘tkazilib kelinmoqda. Shu jumladan, Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida ham 6-dekabr kuni GIM fakulteti tashabbusi bilan Toshkent shahar favqulodda vaziyatlar boshqarmasi bilan hamkorlikda tadbir bo’lib o’tdi.

            Tadbir davomida Mirzo Ulug’bek tumani FVB inspektori mayor Musabek Abdullayev tomonidan yong‘inlar va favqulodda vaziyatlarni oldini olish, yong‘in sodir bo‘lganda harakatlanish tartib-qoidalari, shuningdek, fuqarolarning hayoti va sog‘ligiga jiddiy xavf solib kelayotgan iz gazidan zaharlanish va uning salbiy oqibatlari xususida ham batafsil tushunchalar berildi. Shuningdek, shartli ravishda sodir bo‘lgan yong‘inni bartaraf etishda birlamchi yong‘in o‘chirish vositalaridan foydalanish amaliy tarzda ko‘rsatildi. Tadbir so‘ngida mutaxassislar tomonidan yig‘ilganlarning texnika xavfsizligi qoidalari, fuqaro muhofazasi, yong‘in xavfsizligi qoidalariga amal qilish va maxsus yong‘in-qutqaruv texnika va asbob-anjomlari hamda vositalarining texnik-taktik xususiyatlari borasidagi qiziqtirgan savollariga atroflicha javoblar berildi.

                                   TIQXMMI matbuot xizmati