TIQXMMI yangiliklari

img
29.03.2024

O‘lkamizda bahor   

Navbahor ochildi gullar,                           

Sabza bo‘ldi bog‘lar,        

Suhbat aylaylik kelinglar,                          

jo‘ralar, o‘rtog‘lar... 

Muqimiy   

Darhaqiqat, bahor kelishi bilan tabiat uyg‘onadi. Sovuq qishdan keyin o‘z o‘rnini bahorga bo‘shatib bergan tabiat o‘zgacha tusga kira boshlaydi. Bugun “Iqtisodiyot” fakulteti 1- bosqich talabalari bilan shu go‘zallikdan bahramand bo‘lish uchun universitet bo‘ylab sayr qildik. Navro‘z shukuhi haliyam yurtimizda kezib yuribdi. Qolaversa muborak Ramazon oyi ham o‘zgacha nur taratib turibdi. Universitetimiz poytaxtdagi oliygohlar ichida eng chiroylisi deb hisoblaymiz. Bizga shunday chiroyli sharoitlarni yaratib bergan yurtboshimizga , qolaversa universitet rahbariyatiga tashakkur aytamiz.

                                                          “Iqtisodiyot” fakulteti D.Egamova axboroti

Universitet matbuot xizmati