TIQXMMI yangiliklari

img
22.06.2022

Oliygoh madhi

Oliygohimizning sobiq rektori O'. Umurzakov tashabbuslari asosida universitetimiz yoshlari orasida xor san'atini yanada yuksaltirish, mohir ijrochilarni kashf etish, xor san'ati ijrochilarining mahorati, iste'dodi va qobiliyatini namoyon etish, ularning ijrochilik ko'nikmalarini yanada rivojlantirish, iqtidorli yoshlarni rag'batlantirish hamda ularning ijodini keng targ'ib qilish maqsadida 2020 - yil sentabr oyida xor guruhi jamoasi tashkil etilgandi. Talabalarni jamoaga jalb qilish va ularga motivatsiya berish maqsadida universitet yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha prorektor R.Q.Choriyev va universitet psixologi, xor jamoasi rahbari M.K. Muxamedovalar tashabbusl bilan 2020 - yil yanvar oyida GTS fakulteti talabasi X.Ro'zmetov she'ri, S.Saydazov musiqasi asosida “Oliygoh madhi” bastalangan edi.

Joriy yilning 21 - iyun kuni universitet psixologi va xor jamoasi rahbari M.K. Muxamedova QXM fakulteti dekani Q.Shovazov, QXM fakulteti yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan muovini A.N.Barotovlar QXM fakulteti bitiruvchi talabalari bilan birgalikda bitirish kechasida oliygoh madhini ijro etib chiqishga tayyorgarlik ko‘rishdi. Mashg'ulotda talabalarga qo'shiq ijro etish texnikalari, so'zni his etib kuylash mahoratidan dars o'tildi.

Oliygoh madhining so'zi o'z talabamiz tomonidan yozilganligi sabab, shunday dargohda ta'lim olish ularga nasib etganidan, oliygohimiz Universitet maqomini olgandagi ilk qaldirg'ochlar bo'lish ularga nasib etayotganidan barcha talabalar bu qo'shiqni yurakda faxr tuyg'usini tuygan holda ijro etishdi.

Universitet psixologi M.K. Muhammedova axboroti

"TIQXMMI" MTU matbuot xizmati