TIQXMMI yangiliklari

img
30.08.2022

Oliy ta’limda halqaro hamkorlikni mustaxkamlash yo’lida

      Joriy  yilning 29 augustida “Toshkent irrigatsiya  va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy Tadqiqot Universitetiga America Qo’shma Shtatlari Texas  qishloq xo'jaligi va mexanika universitet tizimining  (Texas A&M (Agricultural and Mechanical) University System) N.Borlaug nomidagi Xalqaro qishloq xo'jaligi va taraqqiyot institutidan  (Norman Borlaug Institute for International Agriculture and Development)  bir gurux vakillar tashrif buyurishdi.

     Rasmiy yig’ilish universitetimizdagi SXTEB fakulteti tasarrufidagi “Turon Bank” konferensiya zalida bo’lib o’tdi. Ushbu uchrashuvni universitetimiz rektori prof. Mirzayev Bahodir Suyunovich ochib berdilar va hamkorlarimiz bilan tanishtirib o’tdilar. Uchrashuvda Borlaug Xalqaro qishloq xo'jaligi va taraqqiyot instituti directori Bost Eric Michael, Texas  qishloq xo'jaligi va mexanika universitetiting O’rta Osiyodagi regional direktori Davis Timothy Douglas, Norman Borlaug Xalqaro qishloq xo'jaligi va taraqqiyot institutining “Innovatsiya va Irrigatsiya” Laboratoriyasi direktori Lefore Nicole Renee va bir qator  muassasa vakillaridan tashqari universitertimizdan “Halqaro hamkorlik” bo’yicha prorektor prof. Abduxakim Saloxiddinov, ‘Halqaro munosabatlar” bo’lim rahbarlari  Dr. Sherzod Rahmonov va Dr.Zufar Umurzaqov va “Ingliz tili” kafedrasi dotsent v.b. Go’zal Eshchanova qatnashdilar.

     “TIQXMMI” MTU rektori, prof. B.Mirzaev uchrashuvni universitet haqidagi tanishtiruv videosi namoyish qilish orqali ochib berdilar. Uchrashuvda tashrif buyurgan xamkorlarimiz  Borglau nomidagi Xalqaro qishloq xoʼjaligi institutining olib borayotgan faoliyati, xalqaro loyihalari va ilmiy tadqiqot geografiyasi haqida batafsil ma’lumot berishdi. Soʼngra, “Xalqaro hamkorlik” boʼyicha prorektor А.Salohiddinov dargohimizda olib borilayotgan ilmiy va xalqaro loyihalar haqida qisqacha to’xtalib o’tdilar. Uchrashuv erkin va iliq mukokara koʼrinishda boʼlib oʼtdi, muzokara so’nggida har ikkala tomon oʼzaro estalik sovgʼalari bilan  almashishdi.

 “TIQXMMI” Milliy Tadqiqot Universiteti Matbuot Xizmati