Oliy ta’lim va maktab hamkorligi
O‘zbekiston Respublika Prezidentining 2022 yil 6 noyabrdagi «O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida tahlim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g’risida»gi farmoni ham ta‘lim e'tiborning yorqin ifodasi bo‘ldi. Ayniqsa, ushbu hujjat maktab va oliy ta‘lim mutaxassislarining hamkorligini yanada rivojlantirish, bu ikki ta‘lim muassasalarining integratsiyasini yanada mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Yuqoridagi qaror va farmonlarning ijrosini ta‘minlash maqasadida, joriy yilning 17-yanvar kuni “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti “Gidrologiya va Gidrogeologiya” kafedrasi professor o‘qituvchilari o‘zlariga biriktirilgan O‘rta Chirchiq tumanidagi 26 - umumta‘lim maktabiga tashrif buyurdilar. Tashrif davomida kafedra dotsenti D.Nazaraliyev va kafedra assistentlari G.Jumabayeva hamda J.Hamroqulovlar 8-9-sinf o‘quvchilari hamda fan o‘qituvchilariga kasbga yo‘naltirish, geografiya fani bo‘yicha seminar-treyning tashkil qilishdi.
Seminar davomida o‘quvchilarga universitetda mavjud fakultetlar va ta’lim yo’nalishlari bilan yaqindan tanishtirildi. Maktab o’quvchilariga kelajakda ushbu ta’lim yo’nalishlarida taqsil olishlari uchun taklif va tavsiyalar berib o’tildi hamda estalik uchun fotosuratga tushildi.
Yoshlar bilan ishlash bo`yicha dekan o`rinbosari O.Ro`zibayev
Universitet matbuot xizmati