Oliy ta’lim tizimida xorijiy tajriba
“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti “Elektr ta’minoti va qayta tiklanuvchan energiya manbalari” kafedrasiga qo‘shma ta’lim dasturi doirasida Qozog‘iston Respublikasining Qorkut ota nomidagi Qizilo‘rda universiteti “Elektr energetikasi, texnosfera xavfsizligi va ekologiya” kafedrasi mudiri t.f.n. Sydykova Gulnar Kudaybergenovna 22–30 aprel kunlari 30 soatlik ma’ruza mashg‘ulotlarini o‘tkazish uchun tashrif buyurgan.
Tashrif doirasida unversitetimizning “Muqobil energiya manbalari” bakalavriyat ta’lim yo‘nalishi 3-bosqich talabalariga “Shamol energetikasi asoslari” fanidan ma’ruza mashg‘ulotlari belgilangan bo‘lib, shunday ma’ruzalardan biri 2024 yil 23 aprel kuni o‘tkazildi.
Ma’ruza davomida shamol energetikasining energiya iste’moli sohasida tutgan o‘rni, qishloq xo‘jaligi, ishlab chiqarish va boshqa sohalarda shamol energetikasidan foylanishning texnik-iqtisodiy imkoniyatlari bo‘yicha ma’lumotlar bilan birga Qozog‘iston Respublikasining qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish imkoniyatlari hamda samaradorligi bo‘yicha ma’lumotlar berildi. Ma’ruza so‘ngida talabalar o‘zlari qiziqtirgan savollarga javob olishdi.
“Elektr ta’minoti va qayta tiklanuvchan energiya manbalari” kafedrasi stajyor oʻqituvchisi Sh.Jumanazarov axboroti
Universitet matbuot xizmati