Oliy malakali muhandis-dasturchilarni tayyorlashda amaliyot o’ziga xos ahamiyatga ega
“Mexanika va kompyuterli modellashtirish” kafedrasi mudiri M.Mirsaidov va kafedra dotsenti E.Toshmatovlar 2023 yil 26-27 iyul kunlari “TECHNO CONTINENTAL” Artel MChJda ishlab chiqarish amaliyotini o‘tayotgan “Mexanika va matematik modellashtirish” ta’lim yo‘nalishi 3-bosqich talabalari va tashkilot rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazishdi.
Talabalar amaliyoyot davrida “Termoplast” bo‘limida raqamlashtirilgan katta mexanik dastgohlar ishlash faoliyati, dasturiy ta’minoti, kuzatuv ekrani orqali nazorat qilishni va xorijdan olib kelingan kukun xom-ashyosidan muzlatgich, kir yuvish mashinalarining plastmas ishchi jihozlarini ishlab chiqishni o‘rgananishmoqda. Bu yerda amaliyotchi talabalarga tashkilot tomonidan tushlik, tushlikdan keyingi choy (poldnik) va kelib ketishlari uchun transport xizmatlari yo‘lga quyilgan.
Тalabalar ishchi xodimlar bilan bir qatorda maosh olish bilan birga, bir oylik qo‘shimcha oziq-ovqat bilan ham taminlanmoqda.
“Talabalarimizga bunday barcha sharoitlar yaratilganligi, toza va ozoda joyda amaliyot o’tashayotganligidan juda xursand bo‘ldik” deydi O’zR FA akademigi M.Mirsaidov.
Kelgusida bitiruvchilarning aksariyati o‘z ish faoliyatlarini “TECHNO CONTINENTAL” Artel MchJ, SXV va uning tasarrufidagi loyiha tashkilotlarida davom ettirishadi.
Universitet matbuot kotibi, prof R.Jumaniyozov