Olima ayollar –kelajak ko‘zgusidir
Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlashga qaratilgan qonunchilik asoslarini takomillashtirish yo‘nalishida 41 ta normativ-huquqiy hujjat (2 ta Qonun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2 ta farmoni va 12 ta qarori hamda hukumatning 25 ta qarori) qabul qilingan.
Yurtimizda maktabgacha, o‘rta, o‘rta – maxsus, oliy ta’limning samarali tizimida ayol-qizlarning ta’lim olish xuquqini to‘liq ta’minlash muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Bugun ayollar ta’lim, madaniyat va va ilm-fan sohasi rivojiga salmoqli ulush qo‘shmoqdalar.
Bu borada universitetimizda faoliyat olib borayotgan, fidokorona mehnat qilib kelayotgan xotin-qizlarni, ta’lim muassasasidagi olima ayollarimizning xizmatlarini ta’kidlab o‘tish maqsadga muvofiqdir. Asosiy shtatda: 480 kishi bevosita o‘quv-ilmiy faoliyatda ishtirok etadi, shundan 173 nafari ayollar (36 %), 65 nafar fan doktorlari, professorlar, ulardan 14 nafari ayollar (21.5%); 212 nafar fan nomzodlari, dotsentlar, ulardan 45 nafari ayollar (21.2%); 203 nafar assistent va katta o‘qituvchilar(ilmiy darajasiz), ulardan 114 nafari ayollar (56.25%)ni tashkil etadi. Jami saloxiyat 57.71 % shundan 12,3% foizi ayollarning xissasdan iborat.
Bugungi ksunda universitetimiz rahbariyati tomonidan xotin-qizlar maslahat kengashiga nafaqat erkaklar va ayol professorlar salohiyatidagi ulushi , balkim ayollar orasidagi salohiyatni, ya’ni o‘zlari orasida ko‘tarish kerakligi hafida qikr bildirgan holda topshiriq berildi. Bu o‘quv yilida ayol professor-o‘qituvchilarning o‘zaro salohiyatini ko‘tarish.
Topshiriq o‘z vaqtida ijroda bo‘lishi uchun universitetda ilmiy ishlar bilan shug‘ullanayotgan ayollar ro‘yxati shakllantirildi va ularning salohiyatni oshirish maqsadida ilmiy ishlarni olib borishdagi faoliyati bo‘yicha yillar kesimida yo‘l haritasi ishlab chiqildi. Ishlab chiqilgan yo‘l xarita asosida 60 nafar aellarimizning 50 nafari ilmiy ishlar bilan shug‘ullanayotganligi va oxirgi yillarda ximoyaga chiqishlari aniqlandi.
Mana shu yo‘l xarita o‘z ijrosini boshladi desak adashmaymiz. Chunki kechagina o‘tkazilgan universitet Ilmiy Kengashida 11 nafar fan nomzodlariga diplomlar taqdim etilgan bo‘lib, ularning 8 nafari ayol professor-o‘qituvchilarni tashkil etdi. Bu esa yo‘l xaritamizning birinchi qaldirg‘ochlari disak mubolag‘a bo‘lmaydi. Ular:
1.Oxunboboeva Charos Zuxriddin qizi - 05.01.08 -“Texnologik jarayonlarda ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish” ixtisosligi boʻyicha texnika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) diplomini;
2.Mirzaeva Gulmira Rustamovna - 05.01.03 - “Informatikaning nazariy asoslari” ixtisosligi boʻyicha texnika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) diplomini;
3.Sambetova Amangul Turkmenbaevna- 05.05.07 - “Qishloq xoʻjaligida elektr texnologiyalar va elektr uskunalar” ixtisosligi boʻyicha texnika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD)diplomini;
4.Imomova Nodira Shavkatovna - 05.05.07 -“Qishloq xoʻjaligida elektrotexnologiyalar va elektr uskunalar” ixtisosligi boʻyicha Texnika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD)diploini ;
5.Djabbarova Shaxnoza Akramjonovna- 05.09.06 -“Gidrotexnika va meliorasiya qurilishi” ixtisosligi boʻyicha Texnika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD)diplomini;
6.Abdurahimova Mohigul Oybek qizi - 06.01.10 -“Er tuzish, kadastr a er monitoringi ixtsosligi buyicha texnika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) diplomini;
7.Eshova Xurriyat Xurramovna - 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa ixtisosligi bo‘yicha falsafa doktori (PhD) diplomini;
8. Eshchanova Go‘zal– 13.00.02 - “Ta’lim tarbiya nazariyasi va metodikasi” ixtisosligi bo‘yicha falsafa doktori (PhD) diplomini olishdi. Bu esa universitetimizning katta yutuqlaridan biridir.