Olima ayollar –kelajak avlod poydevorini yaratishga zamindir
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 03.02.2023 yildagi 4-sonli majlis bayonidagi 11 – fevral- “Ilm-fan sohasisidagi ayollar va qizlar xalqaro kuni”ga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada o‘tkazish to‘g‘risidagi majlis bayonida ko‘rsatilgan vazifalarni bajarish maqsadida universitetimiz xotin-qizlar maslahat kengashi va “Oqila ayollar” jamoatchilik guruxi a’zolari tomonidan “Olima ayollar – kelajak avlod poydevorini yaratishga zamindir”mavzusidagi seminar o‘tkazildi. Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan mamlakatimizda xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy faolliklarini oshirish, ilmiy faoliyatga keng jalb etish, bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka keng jalb etish borasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Birlashgan millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 2015 yil 22 dekabrdagi 70-sessiyasida 11 –fevral “Ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar kuni”deb rasman e’lon qilingan bo‘lib, 2016 yildan boshlab mazkur sana dunyoning ko‘plab davlatlarida keng nishonlanib kelinmoqda.
Ayni paytda mamlakatimizda ilm-fan sohasida 5 mingga yaqin olimlar, oliy o‘quv yurtlarida 14 mingdan ziyod xotin-qizlar faoliyat ko‘rsatmoqda, ta’lim muassasalarida 4 mln.ga yaqin xotin-qizlar tahsil olmoqda. “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da yurtimizda xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularni ilmiy faoliyatiga keng jalb etish, ijtimoiy faolliklarini oshirishga qaratilgan islohatlar jarayonida “Ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar xalqaro kuni”ning nishonlanishi olima aellar va ilmiy tadqiqot ishlarini olib borayotgan xotin qizlarga extirom ko‘rsatilishiga zamin yaratdi. Bugun ayollar ta’lim, madaniyat va va ilm-fan sohasi rivojiga salmoqli ulush qo‘shmoqdalar. Muhtaram yurtboshimiz tomonidan xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, salomatligini muhofaza qilish, intilish va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularga munosib mehnat va yashash sharoitlarini yaratish bo‘yicha oxirgi besh yillikda 30 dan ortiq me’yoriy hujjatlar qabul qilingan bo‘lib ayollarga juda katta imkoniyatlar berilib kelinmoqda.
Yuqoridagilarni e’tiborga olgan holda universitetimizda tashkil qilingan tadbirda Respublika “Oqila ayollar”harakati yetakchisi, O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi huzuridagi “Oila va xotin-qizlar” ilmiy-tadqiqot instituti direktor o‘rinbosari, p.f.d.,professor - Aynisa Musurmonova va falsafa fanlari doktori, professor, Ma’rifat targ‘ibotchilar guruhi va respublika “Oqila ayollar” harakati a’zosi - Jamila Shermuxammedovalar qatnashdilar. Tadbirni universitetimiz prorektori B.Xudayarov tomonidan barcha universitet ayollari va talaba-qizlarni , kelgan mehmonlarni tabriklash bilan ochib berdi. Tadbir ishtirokchilari tomonidan ilm-fan sohasidagi ayollar va iqtidorli talaba qizlar borasida qiziqarli va sermazmunli chiqishlar tashkil etildi.
Shu bilan birga universitetda faoliyat olib borayotgan “Olima ayollar”klubi raisi U.Sangirova tomonidan xotin-qizlarning ilm-fan sohasidagi oxirgi yillarda erishilgan natijalar va yutuqlar bo‘yicha “Suv xo‘jaligi iqtisodiyoti va uni tashki etish” fakulteti xotin-qizlar bo‘yicha dekan maslahatchisi R.Qodirovalarning ma’ruzasi tinglandi. Shu ma’ruzaning amaliy natijasi sifatida iqtidorli va a’lochi talaba-qizlarimizning erishgan yutuqlari ya’ni Prezident stependiyat , Beruniy, Navoiy va Abdulla Oripov nomlardagi stependiya sohibalariga sertifikatlar topshirildi. Ular tomonidan chiqishlar bo‘ldi va ularning nafaqat ta’lim olish, balki boshqa sohalardagi ijodiy faoliyatlarini ham bu tadbirda ko‘rsata oldilar, A.Navoiy va Z.Bobur g‘azallaridan na’munalar o‘qib berildi. Bu esa tadbirni yana ham chiroyli o‘tishiga xissa qo‘shildi. Yana bir bor barcha universitet ilm-fan sohasidagi ayollar va talaba-qizlarni bayramlari bilan tabriklaymiz.
Universitet matbuot xizmati