TIQXMMI yangiliklari

img
03.05.2024

Oilaviy kitobxonlik - azaliy qadriyat

2024 yil 2 may kuni “Toshkent irrigatsiya va qishloq  xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti Xotin-qizlar kengashi a’zolari, fakultetning faol talaba-qizlari ishtirokida Oilaviy kitobxonlik - azaliy qadriyat” mavzusida tadbir tashkil qilindi. Tadbirda Sh.Tadjiboyeva so‘zga chiqib - Kitob nafaqat qalblarni nurafshon qiluvchi, balki insonni chin ma’noda komillik sari yetaklovchi ziyo manbaidir. Kitob insonga ma’naviy ozuqa beradi, tafakkurini, ongini teranlashtiradi, sog‘lom fikrlashga o‘rgatadi, kelajak uchun mustahkam poydevor vazifasini o‘taydi deya fikr bildirdi.

Ona avvalo, farzand tarbiyasi bilan mashg‘ul bo‘lishi, hozirgi texnika rivojlangan davrda mobil aloqa, televizor, internetdan to‘g‘ri foydalanishlari bo‘yicha maslahat berib borishi, nazorat qilishi, bolalik-o‘smirlik davrida farzandiga ko‘proq e’tiborliroq bo‘lish keraklini alohida ta’kidlab o‘tdi. Tadbirda O.Abdullayeva, Sh.Sattorova, D.Salomovalar tomonidan A.Oripov, Muxammad Yusuf she’rlardan o’qib berdilar. Tadbir fayzli, mazmunli o‘tdi. Tadbirda faol qatnashgan talabalarimizga minnatdorchilik bildirildi.

“Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti  Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi  E.G‘aniboyeva axboroti.

Universitet matbuot xizmati