Oilaviy hayotga tayyormisiz?
Joriy yilning 15 dekabr kuni “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti Xotin – qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi E.G‘aniboeva tashabbusi bilan 2-TTJ Talaba-qizlar ishtirokida “Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, ularga oilaviy nizoli holatlarni hal qilishning huquqiy va psixologik asoslarini o‘rgatish, oilalarni mustahkamlash, erta nikoh va oilaviy ajralishlarning oldini olish” bo‘yicha davra suhbati tashkil etildi
Tadbirga psixolog M.K.Muhammedova va tyutor O.Abdullaevalar taklif etildi. M.K.Muhammedova so‘zga chiqib, erta turmush, erta tug‘ruq va oilaviy ajralishlarning salbiy oqibatlari ularni yechimlari bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi. Tadbirda ruhiy tushkunlik, ziqlik holatiga tushib qolgan talabalarning kayfiyatlarini pozitiv tomonga o‘zgartirishga, dunyoqarashlarini hayotning go‘zal ko‘ringan rakursi tomondan qarashni shakllantirishga mo‘ljallangan mashg‘ulotlar o‘tkazildi.
Tadbir davomida tyutor O.Abdullaeva ham o‘z hayotiy tajribalari bilan o‘rtoqlashib, yig‘ilish ishtirokchilari qalbida butun umr muhrlanib qola oladigan qimmatli tavsiyalar berib o‘tdi.
“Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi E.G‘aniboeva axboroti
Universitet matbuot xizmati