Оiladagi zo‘ravonlikka qarshimiz!
“Gidravlika va gidroinformatika” kafedrasi o‘qituvchilari tomonidan 15.04.2022 y.da 4-TTJda yashovchi talaba qizlar bilan “Biz oiladagi zo‘ravonlikka qarshimiz!” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Davra suhbati davomida o‘qituvchilar tomonidan hozirgi kunda ayrim oilalarda ayollarga nisbatan bo‘layotgan zo‘ravonliklar haqida maʼlumot berib, qizlarga oilada o‘z o‘rniga, jamiyatda yuqori mavqega ega bo‘lishda nimalarga eʼtibor qaratish kerakligi, bunda bilim olish, o‘z fikriga ega bo‘lish boshqalarni ham shu fikrga yetaklay olish qobiliyatini rivojlantirish, o‘z sohasi bo‘yicha olib borilayotgan islohotlar bilan muntazam tanishib borish va shu bilan birga o‘zi taʼlim olayotgan soha bo‘yicha yetuk mutaxassis bo‘lib yetishish kerakligi, sohani rivojlantirishda o‘zining hissalarini qo‘shmoqliklari zarurligi, ana shundagina oilada ayollarga zo‘ravonliklar, past nazar bilan qarash, ularni imkoniyatlarini cheklab qo‘yish kabi illatlar barham topishi haqida so‘z yuritdilar.
Taaba qizlar suhbat davomida mana shunday mavzular haqida yanada ko‘plab suhbatlar tashkil etilishi, qizlarga yaratilayotgan imkoniyatlar va qarorlar haqida muntazam axborot berib borilishi maqsadga muvofiq bo‘lardi degan taklif bildirdilar.
Universitet matbuot xizmati