TIQXMMI yangiliklari

img
24.11.2023

Oiladagi zo‘ravonlikka qarshi

BMT Bosh Assambleyasining 1999-yil 17-dekabrdagi rezolyutsiyasiga ko‘ra “25 noyabr – Xalqaro ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi kurashish kuni” deb e’lon qilingan.  Shu munosabat bilan har yili dunyo miqyosida 25-noyabrdan 10 dekabrgacha “Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun” shiori ostida turli tadbirlar o‘tkaziladi.

2023-yil 23-noyabr kuni “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi, fakultet talaba qizlari va Yunusobod tumani IOFMB 3-IIB XPB XQMB katta inspektori podpolkovnik Baxitova Qunduz Djamgulovna, IIOFMB 5-IIB XPB katta inspektori kapitan Saparova Eleonora Rustamovna va katta inspektor mayor Ubaydullayev Аbzal Rixsiboevichlar ishtirokida “Biz oiladagi zoravonlikka qarshimiz” mavzusida Seminar-trening bolib otdi. Xotin-qizlar masalalari boyicha dekan maslahatchisi E.Ganiboyeva, podpolkovnik Q.Baxitova, kapitan E.Saparova, А. Ubaydullayev-lar sozga chiqib, bugungi kunda yurtimizda Ichki ishlar vazirligi tarkibida huquqiy va ijtmoiy yordamga muxtoj ayollar bilan ishlash uchun 360 nafar ayol inspektorlar shtabi tashkil etilganligi, Ozbekistonda ayollarga nisbatan zoravonlikning oqibatlari, zoravonlikdan jabrlanuvchining davolanish, maslaxat olish, maxsus parvarishlash markazlariga joylashtirish xarajatlarini qoplash, oiladagi zoravonlikning oldini olish boyicha faol ishlar olib borilayotganligi boyicha maʼlumot berdilar.

 

                                                                   “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash”

                                                              fakulteti Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha

                                                                     dekan maslahatchisi E.G‘aniboeva axboroti

Universitet matbuot xizmati