TIQXMMI yangiliklari

img
13.03.2022

Oila tinch — yurt tinch

Joriy yilning 11 - mart  kuni GM fakulteti 1 - kurs talaba qizlari bilan universitet psixologi M.K. Muxamedova va GM fakulteti tyutorlari D. Egamova va D. Axrarovalar  talaba qizlarda gender tenglik tushunchasini shakllantirish maqsadida  “Yer — quyosh yo'ldoshi, xotin — umr yo'ldoshi” mavzusida tadbir o'tkazishdi.

Tadbirda ayol va erkak azaldan bir tanadan, bir ruhdan yaratilgani, demakkim ayol ham erkak singari bir xil haq-huquqqa teng va egaligi, Muqaddas Kitoblarda ham ayol va erkak bir xil teng huquqli ekanligi, gender tenglik – bu azaldan bor va bo'lgan g'oya hisoblanishi haqida so'z yuritildi.

Suhbat davomida gender tenglikni hamma har xil talqin etishi, aslida esa gender tenglikda haq-huquqlarning jamiyatdagi o'rnining tengligi nazarda tutilishi, insonning fitratiga qarab emas, uning xatti-harakatlari, o'zini hayotda qanday rol bajarishi bilan unga baho berilishi haqida so'zlandi.

Davra suhbati davomida hayot, oila muvozanatining buzilmasligi uchun ayol ham o'ziga belgilab qo'yilgan vazifalarni bajarishi gender tengligini ta'minlashi, negaki ayol ham erkak ham gender tengligiga birdek mas'ulligi haqidagi fikrlar aytib o'tildi va 14 asr oldin Islomda: “Eng yaxshilaringiz – bu ahli ayolingizga yaxshi munosabatda bo'lganlaringizdir”, degan hadis bilan yakunlandi. 

Keyingi bosqichda trening mashg'ulotlar o'tkazildi.

Bu trening mashg'ulotlar shaxsning o'ziga xos jihatlari va sifatlarini aniqlashga va shaxs sifatlarida biror kamchilik bo'lsa o'sha kamchiliklarni bartaraf etishga mo'ljallangan.

Tadbirning trening bosqichida “Men kimman?”, “Men qila olaman, men bilaman, mening qo'limdan keladi” va “Sehrli do'kon” kabi mashg'ulotlar o'tkazildi.

Tadbirda barcha ishtirokchilar faol qatnashishdi. Trening davomida xarakter sifatlaridagi kamchiligi bor talaba qizlar aniqlanib, individual konsultatsiyaga kelishlari tavsiya etilgan holda tadbir o`z nihoyasiga yetdi. 

                                              

TIQXMMI MTU matbuot xizmati