TIQXMMI yangiliklari

img
03.06.2024

Oila - muqaddas va ulug‘ dargoh

2024-yil 31-may kuni 1-TTJ “Ekologiya va huquq” fakulteti Xotin-qizlar kengashi tomonidan “Oila - muqaddas va ulug‘ dargoh” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Ma`umki, 15-may kuni jahon miqyosida Xalqaro oilalar kuni nishonlanadi. Ushbu bayram BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 1993-yil 20-sentyabrdagi Xalqaro oila yili to‘g‘risidagi rezolyusiyaga muvofiq 1994-yilning 15-maydan buyon muntazam ravishda nishonlanib kelinadi. Davra suhbatida ishtirok etgan Хotin-qizlar kengashi a'zosi Halima Botirova oila hayot abadiyligini saqlaydigan, ko‘p asrlik urf-odatlarimiz, an'analarimiz va qadriyatlarimizni avloddan-avlodga meros qilib qoldirib kelayotgan muqaddas qo‘rg‘on ekanligi, shu boisdan ham yurtimizda oilalar mustahkamligini ta'minlash, unda o‘zaro mehr-oqibat, hamjihatlik va do‘stona munosabatlar hukmron bo‘lishiga erishish uchun alohida e'tibor qaratilib kelinishi xususida fikr bildirdi. Shuningdek, davra suhbatida yosh oila quruvchilarning oilaviy hayotga tayyorlashda ularning huquqiy, tibbiy, psixologik, iqtisodiy bilimlarini oshirishlarida ko‘proq kitob mutolaa qilishlarini tavsiya etidi. Bunday tadbirlar nafaqat oila kuni, balki har doim muntazam amalga oshirilib kelinishi yoshlarimizning oilaga bo‘lgan muhabbatini yanada oshirib, ularning sog‘lom oila qurishida poydevor bo‘lishi shubhasiz.

Fakultet Xotin-qizlar kengashi axboroti

Universitet matbuot xizmati