TIQXMMI yangiliklari

img
14.05.2022

“Oila – muqaddas qo'rg'on”

Joriy yilning 14 - may kuni 4-TTJ GM fakulteti talaba qizlari bilan institut psixologi M.K. Muxamedova va  guruh tyutorlari D. Axrarova va D. Egamovalar  "Xalqaro oila kuni" munosabati bilan talaba qizlarni oilaviy hayotga tayyorlash maqsadidaQuloqqa aytiladigan gaplarmavzusida tadbir tashkil etishdi.

Tadbirda oilaning mustahkam bo'lishiga ta'sir etuvchi omillar: ayol kishi serqirra bo'lsa komil farzandlarni tarbiya qila olishi, farzand tarbiyasida kitobning o'rni, ayolning eri oldidagi, kelinning qaynonasi oldidagi vazifalari haqida fikrlar yuritildi.

Tadbir davomida qizlarning oilaga qay darajada tayyor ekanliklarini aniqlash maqsadida “Siz oila qurishga qanchalik tayyorsiz?” mavzusida test olindi va javoblari aniqlanib, muhokama qilindi. 

Qizlarning oilada, va hayotda o'z o'rnilariga ega bo'lishlari uchun “Mening yaxshi xususiyatlarim”, “Vaqt charxpalagi” kabi psixologik texnikalardan foydalanildi.

Tadbirda ishtirokchilarni fikran moziyga sayohat qilishlarini uyushtirgan holda, solihlardan biri – Asmo ibn Xorija Fazoriy qizini turmushga berishdan oldin unga qilgan nasihatlaridan misollar keltirildi va momolarimiz kabi bizlar ham har sohada yetakchi bo'la olish xususiyatlarimizni rivojlantirishimiz lozimligi ta'kidlab o'tildi.

Tadbir barcha ishtirokchilarda katta taassurotlar uyg'otgan holda o'z yakuniga yetdi.

Universitet psixologi M.K. Muhammedova axboroti

TIQXMMI MTU matbuot xizmati