TIQXMMI yangiliklari

img
15.05.2024

Oila – muqaddas dargoh

Joriy yilning 14-may kuni "Gidromelioratsiya" fakulteti xotin-qizlar masalalari bo’yicha dekan maslahatchisi Zamira Beknazarova va tyutor Dilbar Ahrorovalar tomonidan  talaba qizlar o’rtasida 15-may “Xalqaro oila” kuniga bag’ishlangan  “Oila – muqaddas dargoh”  mavzusida suhbat tashkil etildi.

Tadbirda Universitetda ko’p yillardan buyon mehnat qilib kelayotgan ustoz Zulfiya Hafizova va M.Ulug’bek tumani inspektori Gulru Halimovna ishtirok etishdi.

Zulfiya Hafizova tomonidan talaba qizlarga jamiyatda oilaning o’rni, oilaning mustahkamligi va farovonligi nimalarga bog’liq ekanligi  to’g’risida o’z hayotiy tajribalaridan kelib chiqqan holda  misollar bilan tushuntirib berdi.

Inspektor Gulru Halimovna esa o’z so’zida bugungi kunda dolzarb muammolardan biri bo’lgan oila ajrimlari haqida to’xtalib o’tdi va oilani avaylab asrash har birimizning asosiy burchimiz ekanligini aytib o’tdi.  

Bunday tadbirlarni tashkil etishdan  maqsad, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash va oilani muqaddas ekanligini  tafakkuriga singdirishdan iborat.

“Gidromelioratsiya” fakulteti xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi Z. Beknazarova axboroti

Universitet matbuot xizmati