Oila- muqaddas dargoh
Kuni kecha “TIQXMMI” MTU “Gidromelioratsiya” fakultetining 4-Talabalar turar joyida istiqomat qilayotgan talaba yoshlar o’rtasida “Oila- muqaddas dargoh” mavzusi ostida davra suhbatlari tashkil etildi. Birin-ketin so’zga chiqqan fakultet tyutorlari U.Usmanov, Z.Tursunova va D.Axrarovalar sharqda oila qadim-qadimdan muqaddas qo’rg’on hisoblanganligi, o’zbek oilalarining serildizlik, serbutoqlik xususiyatlari qadim – qadimdan va hozir boshqa millat kishilarida ham hayrat, ham hurmat uyg’otganligi, o’zbek oilasida ayol, ona ana shu qo’rg’onning posbonlari, otalarimiz esa oilaning tayanchi bir so’z bilan aytganda oilaning muqaddasligini ta’minlovchi mo’tabar insonlar ekanligi xususida o’z fikr va hayotiy tajribalari bilan yaqindan o’rtoqlashdilar.
Darhaqiqat Qur’oni karimda, hadislarda ayol – onani ulug’lash kerakligi haqida ko’plab ibratli ko’rsatmalar bor. Ularning hammasi ayol – onaning oilada tutgan o’rnidan kelib chiqib aytilgan, albatta. Negaki, dunyoga yangi kelgan farzand uchun oila – ilk tarbiya maskani, shu muqaddas dargohning ma’naviy – axloqiy muhitini yaratuvchi mo’tabar zotdir. Oila muqaddas va buyuk ne’mat hisoblangani uchun ham juda ko’p donishmandlar oilani tuzishni mamlakatni tashkil qilish kabi muhim deb biladilar. Oilaning barqarorligi va baxtli hayoti – shu mamlakatning yuzi, obro’yi deb qaraladi. Taraqqiy etgan davlatlarning o’z mamlakatlarida oilaga bunday katta e’tibor berishi, turli yo’llar bilan uning nufuzini ko’tarishga intilishi also bejiz emas. Tadbir so’ngida talabalar bugungi uchrashuvdan tong ma’noda chuqur ta’sirlanganligi, mana shunaqa uchrashuvlar tez-tez tashkil etilsa oiladagi yoshlar o’rtasida ajrimlarning sezilarli darajada kamayishi mumkinligi xususida o’z takliflarini berib o’tdilar.
“Gidromelioratsiya” fakulteti tyutori Z. Tursunova axboroti
Universitet matbuot xizmati