Oila ma'naviyatimiz tayanchi
Joriy yilning 24 noyabr kuni “TIQXMMI” MTU psixologi M.K.Muhammedova, GM fakulteti Xotin-qizlar masalalari bo'yicha rahbari Z.Beknozarova va 4-TTJ tarbiyachi pedagogi Z.K.Muxrumboyevalar hamkorlikda 4-TTJ talaba qizlari bilan “Oila – jamiyatning asosiy bo'g'ini” mavzusida tadbir tashkil etishdi. Tadbir yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, ularga oiladagi nizoli holatlarni hal qilishning huquqiy va psixologik asoslarini o'rgatish, oilalarni mustahkamlash, erta nikoh va oilaviy ajralishlarning oldini olishga doir ma'lumotlar berish maqsadida tashkil etildi.
Tadbirda oila inson kamolotining bosh bo'g'ini, davlat tizimining eng muhim instituti, jamiyatimiz o'zagi, negizi ekani, har qaysi millatning o'ziga xos ma'naviyatini shakllantirish va yuksaltirishda oilaning o'rni va ta'siri beqiyosligi, ajdodlarimiz yashagan oilaga doir an'ana, urf-odatlar xalqimiz o'tmishining oynasi ekani, o'tmish oilalarimizdan iloji boricha oila axloqi, odobi va uning kamoloti masalalarni o'rganish katta ahamiyatga kasb etishi haqida so'z yuritildi. Tadbir davomida TTJda istiqomat qilayotgan qizlarning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish,bir – birlariga nisbatan mehr – oqibatni, e'tiborni, hurmatni, birdamlikni kuchaytirish maqsadida trening tashkil etildi. Treningda “Ko'zni yumgil, ko'zga aylansin ko'ngil”, “Birgalikda bir kuchmiz”, “Bir kishi hamma uchun”, “Guruhda kommunikativ aloqa o'rnatish”, “Do'stlar siga ishonaman”, “Birlashgan o'zar yoki Siam egizaklari”, “Sehrli shar” kabi o'yin mashg'ulotlar o'tkazildi. Barcha ishtirokchilar tadbirga ishtiyoq bilan yondashib juda faol ishtirok etishdi.
Tadbir juda qiziqarli bo'lganligi bois pedagoglar ham chetda qolishmadi. Ular ham mashg'ulotlarda faol ishtirok etishgani quvonarli holat. Ishtirokchilar tadbirda imtihonlar davomida yig'ilib qolgan zo'riqishlardan xalos bo'lganliklarini alohida ta'kidlashib o'z minnatdorchiliklarini bildirishgan holda, shu kabi tadbirlar ko'proq o'tkazilishi tarafdori ekanliklarnini aytib o'tishdi.
Universitet psixologi M.K. Muhammedova axboroti
“TIQXMMI” MTU matbuot xizmati