TIQXMMI yangiliklari

img
03.05.2024

Ogohlik va hushyorlik – davr talabi

2024-yil 3-may kuni “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini  mexanizatsiyalash instituti” Milliy tadqiqot universiteti  “Qishloq xo‘jaligini  mexanizatsiyalash” fakultetida tahsil olayotgan talabalar bilan dekan Q.Shavazov va unversitet huquq targ‘ibot maskani profilaktika katta inspektori A.Ubaydullaevlar  “OGOHLIK VA HUSHYORLIK – DAVR TALABI” mavzusida suhbat olib bordilar.

Dastlab fakultet dekani Q.Shavazov Yurtimizda yosh avlodni ona Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat-ehtirom ruhida kamol toptirish, ularni ma’naviyatimizga yot zararli g‘oyalar ta’siridan himoyalashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Hozirgi ommaviy kommunikatsiya texnologiya-larining shiddat bilan rivojlanib, internet tarmoqlaridagi xizmatlardan foydalanuvchilar orasida yoshlarning tobora ortib borishi, bu borada har birimizni yanada hushyor va ogoh bo‘lishimizni talab etayotganligi to‘g‘risida ma’lumot berib o‘tdilar.

Shundan so‘ng profilaktika katta inspektori A.Ubaydullaev ekstremizm va terrorizm bilan bog‘liq tahdidlarning oldini olish, diniy sohada amalga oshirilayotgan ishlar, mutaassib oqimlar tomonidan ijtimoiy tarmoq platformalarida ilgari surilayotgan da’volar, yoshlar o‘rtasida diniy aqidaparastlik va mutaassiblik g‘oyalari tarqalishining oldini olish yuzasidan so‘z yuritdilar.

Talabalar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga javob oldilar.

“Qishloq xo‘jaligini  mexanizatsiyalash”  fakulteti Yoshlar bilan ishlash boʼyicha dekan o‘rinbosari A.Borotov axboroti

Universitet matbuot xizmati