TIQXMMI yangiliklari

img
01.12.2022

Odobing - fazilating

           Joriy yilning 29 noyabr kuni “TIQXMMI” MTU “D” korpus 101 xonada universitet psixologi va Xor jamoasi rahbari M.K.Muhammedova universitet Xor jamoasi a'zolari bilan birgalikda “Nafas olish texnikasi” va “Sahna madaniyati va odobi” mavzuida seminar trening tashkil etdi. Tadbir jamoa a'zolarining ovozlarini qo'shiq kuylashga sozlash va sahnada o'zini tutish odob-axloqi haqida ma'lumot berish uchun tashkil etildi. Tadbir davomida o'zbek xalq qo'shiq va laparlari, qoraqalpoq qo'shiqlarini kuylash orqali nafas olish texnikasidan saboqlar berildi. Va ayniqsa sahnada ijrochining o'zini tutish san'ati yuksak darajada bo'lishi lozimligi haqida muhim tavsiyalar berib o'tildi. Tadbirda barcha talabalar faol qatnashishdi va o'zlariga zarur bilimlarga ega bo'lishdi.

Universitet psixologi M.K. Muhammedova axboroti

“TIQXMMI” MTU matbuot xizmati