Odob - odam ziynati
Insoniylikning muhim mezoni kishining xulq-atvorida. Agar ana shu me’yor buzilsa loqaydlik va beparvolik nish uradi. Loqaydlik esa barcha illatlarning doyasi va moyasi. O‘ziga tegishli vazifaga mas’ullik hissi susaysa, u boshqalarga shu yumushni yuklaydi, o‘z ustida ishlashni xohlamaydi, natijada pala-partish ish tutish boshlanadi. Bu esa uning yon atrofidagilarga ham o‘zining salbiy ta’sirini o‘tkazmasdan qolmaydi. QXM fakulteti talaba qizlari bilan 2-TTJda xuddi shu yo‘sinda odob- axloq mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Mehmonimiz Yunusobod tuman 5-IIB xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektor Islomova Nargiza Mirzaxidovna bilan qizlar orasida tushuntirish ishlari olib borildi.
QXM fakulteti tyutori D. Egamova axboroti
Universitet matbuot xizmati