TIQXMMI yangiliklari

img
30.04.2024

Odob - boylik, uni hayotda qo'llash komillikdir

Tarbiyaning asosiy maqsadi yoshlarni baxt-saodatli, o‘z zamonining aziz, hurmatli va fidoiy kishisi qilib tarbiyalashdan iborat. Joriy yilning 29-aprel kuni "Iqtisodiyot" fakulteti xotin-qizlar masalalari bo'yicha kengash raisi Ra'no Kodirova 3- TTJ da fakultet talaba qizlari bilan "Odob- boylik, uni hayotda qo'llash komillikdir" mavzusida davra suhbati o'tkazdilar. Ra'no Kodirova davra suhbatini ocha turib, talaba qizlarimizni sog'liklari, o'qishlari, kayfiyatlari to'g'risida suhbatlashib bo'lgach qizlarimizni qinayotgan muammolari bo'lsa ochiq dildan suhbatiga chorladi va davra suhbatida odob haqida ham suhbatlashamiz deb, jumladan odobli, bilimdon, mehnatsevar, iymon-e’tiqodli farzand nafaqat ota-onaning, balki butun jamiyatning eng katta boyligidir. Buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy o'zining "Mahbub ul-qulub" ("Ko'ngillarning sevgani") asarida: "Vafosizda hayo yo'q, hayosizda vafo yo'q, agar kimda bu ikki sifat bo'lmasa, unda imon ham yo'q va agar kimda imon bo'lmasa, unda odamiylik ham yo'q” deydilar. XalqimizdaEl nazariga tushgandegan gap bor. Kimki dilbar, dilkash, mehru-muruvvatli bo'lsa, el nazariga tushib, obro'-e'tiborga erishadi. Hayotda el hurmatiga sazovor bo'lish juda katta baxtdir deb ta’kidladilar. Davra suhbati savol-javoblar bilan davom etib, davra suhbatida berilgan nasihatlar qizlarimizni hayot yo'llarini yorituvchi mayoq bo'lishi, talaba qizlarimizni e'tibor va butun vujudlari bilan tinglaganlaridan ko'rinb turdi. Davra suhbati sermazmun, foydali, qizg'in o'tdi.

"Iqtisodiyot" fakulteti xotin-qizlar masalalari bo'yicha kengash raisi Ra'no Kodirova axboroti

Universitet matbuot xizmati