Odob - axloq qoidalari haqida
GIM fakulteti Xotin - qizlar maslahat kengashi tomonidan fakulteti talaba qizlar bilan universitetimizning 2021 yil 25-dekabrda 5-sonli yig‘ilishida tasdiqlangan “Odob - axloq” kodeksining mazmun-mohiyatini talaba qizlarga yetkazish bo‘yicha tadbir o‘tkazildi. Fakultet yoshlar ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari O. Ro‘ziboyev, fakultet xotin -qizlar maslahat kengashi a’zosi B.Mamadaminova va tyutor I. Ahmedovalar ishtirok etdi. Tadbirda B.Mamadaminova so‘zga chiqib, xususan Kodeksda universitetimizning ichki odob-axloq qoidalari ifodalangan bo`lib, kodeksning maqsad va vazifalari haqida gapirgan. Shuningdek, talabalarga kodeksning amal qilish doirasi universitetda kiyinish va tashqi ko‘rinishga oid qoidalar, odob -axloqqa oid majburiyatlar, kodeks qoidalari buzilganda qanday jazo qo’llanilishi, universitet ichki tartib -qoidalarning mehnat va o‘qish intizomini buzganlik uchun qanday javobgarlik choralari qo‘llanilishi kabi masalalar xususida to’la ma`lumotlar berildi.
Universitet matbuot xizmati