TIQXMMI yangiliklari

img
27.09.2023

Universitet prorektorlari o‘quv jarayonida ham faol

Universitetning ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori, t.f.d., professor Sultanov Toxirjon Zokirovich o‘zining asosiy faoliyatidan tashqari Mexanika va kompyuterli modellashtirish kafedrasida chorak stavkada 3-4 bosqich talabalariga Qurilish mexanikasi, inshootlar zilzilabardoshligi fanlaridan ma’ruza va amaliyot darslarini har o‘quv yilida o‘tib kelmoqda.

2023-2024 o‘quv yilida esa Gidrotexnika inshootlari ta’lim yo‘nalishining 3 bosqich talabalariga “Qurilish mexanikasi” mexanikasi fanidan o‘zining ma’ruza darslarini boshlagan. Dars jarayonida ishtirok etayotgan talabalarning har birini e’tibordan chetda qoldirmaydi. Dars davomida savol – javoblar ko‘p bo‘ladi, aqliy xujumga urg‘u beriladi, dars so‘ngida mustaqil topshiriqlar berilib, dars jarayonining vaqti to‘g‘ri taqsimlanishiga alohida e’tibor qaratadi.

Universitet matbut kotibi,

R.Jumaniyozov