TIQXMMI yangiliklari

img
05.09.2023

“Odob-axloq” kodeksi

“Gidromelioratsiya” fakultetiga 2023-2024 o'quv yili uchun 1 kursga tavsiya qilingan 320 nafar talabalar uchun Universitetning “Odob-aхloq” kodeksi bilan fakultetning yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosari B.To’ychiyev tanishtirib, ushbu kodeks 10 ta bob,35 ta moddadan iborat, O`zbekiston Respublikasi "Ta’lim to`g`risida"gi Qonuni, boshqa qonun va qonunosti hujjatlarga muvofiq ishlab chiqilgan bo`lib, “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetining pedagog va boshqa xodimlari, talabalari, doktorantlari kasbiy odob-axloqining tamoyillari, normalari, ta’lim jarayoni va xizmatdagi xulq-atvorining asosiy qoidalari bilan bog`liq munosabatlarni tartibga soladi.

11-modda. Universitetda kiyinish va tashqi ko`rinishga oid qoidalar:

  • Universitet xodim, talaba va doktorantlari o`qish va kasbiga mos bo`lgan zamonaviy kiyimda bo`lishlari lozim.
  • Universitet xodimi, talabasi va doktoranti bo`lgan xotin-qizlari diqqatni tortadigan, xususan, tanani shaffof ko`rsatib turadigan, yelka, ko‘krak va qorin, tizzadan yuqori qismlari ochiq qoladigan hamda haddan ziyod tor kiyimda, shuningdek, quloqchinlar, quloq va barmoqlardan tashqari tananing turli qismlariga turli zirak yoki metall buyumlar bilan, tanasining ko`rinib turadigan qismida pirsing yoki tatuirovkada Universitetga kelishlari mumkin emas. Shuningdek, talabalarning Universitetga kelishi ruxsat etilgan formasiga turli din va konfessiyalar hamda submadaniyatlarga mansublikni aks ettiruvchi elementlarni (hijob, kipa, kashaya, xoch va boshqalar) qo`shishga yo`l qo`yilmaydi.
  • Talaba-qizlar Universitetga och rangli va yorqin rangda bo`lmagan bluzkalarda, tizzani yopib turadigan yubka yoki odmi kostyum va to‘q rangdagi poyabzalda kelishlari lozim, shuningdek, o`zlari bilan zaruriy O`quv vositalarini olib kelishlari shart – deb takidladi.

Universitet matbuot xizmati