TIQXMMI yangiliklari

img
19.04.2023

Odam savdosi davr muammosi

Joriy yilning 17 aprel kuni  “TIQXMMI” MTU “Gidrotexnika qurilishi” fakulteti dekan o‘rinbosari A.Azimov, tyutorlar D.Xursandova, X.Saidovalar va ichki ishlar xodimi Mayor Ubaydullaev Abzal Rixsiboevich boshchiligida 208, 209 va 211-guruh talabalari bilan “Odam savdosi davr muammosi” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.  A.Ubaydullayev so‘zga chiqib - Bugungi kunda dolzarb masalalardan biri bo'lgan odam savdosining oldini olish va unga qarshi kurashish borasida yurtimizda ham qator chora-tadbirlar amalga oshirilib kelinayotganligi haqida gapirdi. 

Mustaqillik yillarida mamlakatimizda odam savdosiga qarshi kurashning oziga xos milliy tizimi yaratilganligini ta'kidlab o'tdi. Jumladan, milliy qonunchilik normalari takomillashtirilib, odam savdosiga qarshi kurashish boyicha respublika va hududiy idoralararo komissiyalar, odam savdosi jabrdiydalariga yordam berish va ularni himoya qilish bo`yicha respublika reabilitatsiya markazi haqida, ichki ishlar organlari tarkibida odam savdosiga qarshi kurashish va uning profilaktikasiga oid tuzilmalar tashkil etilganligi to’g’risida talabalarga ma’lumot berib o‘tdi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga qoniqarli tarzda javob olishdi. Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlardan ham to‘g‘ri foydalanish, taqiqlangan turli ijtimoiy saytlardan foydalanmaslik masalalari ham takror eslatib o‘tildi.

GTQ fakulteti tyutori D.Xursandova axboroti

Universitet matbuot xizmati