TIQXMMI yangiliklari

img
17.03.2022

Ochiq eshiklar kuni

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 6 sentyabrdagi PF-5812- sonli “Professional ta’lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi faromonining ijrosini samarali bajarish, o‘quvchilarning bilim va malakalarini amaliyot bilan mustahkamlash, shu bilan birga “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti hamda kasb-hunar maktabi o‘rtasida tuzilgan hamkorlik shartnomasiga asosan o‘quvchilarni oliy ta’lim muassasasiga yo‘naltirish, integratsiyalash ta’lim jarayonini tashkil etish maqsadida joriy yilning 17–mart kuni Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumani 2-sonli kasb-hunar maktabi bilan hamkorlikda, “Professional ta’lim va jismoniy madaniyat” kafedrasi tomonidan “Ochiq eshiklar kuni” tashkil qilindi. O‘quvchi yoshlar universitetimizdagi o‘quv labaratoriyalar, uquv xonalar, axborot resurs markazida bo‘lib, bir qator ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. Universitetimiz kafedralaridan “Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish” kafedrasi labaratoriya xonalari bilan xam tanishuv-suhbatlari olib borildi, unda labaratoriya uskunalarining ishlatish jarayonini kompyuter orqali boshqarishni slaydlar orqali mutaxassis-o‘qituvchi tomonidan tushuntirib berildi.

Shu bilan bir qatorda “Gidrotexnika inshootlari va muxandislik konsruksiyalari” kafedrasi tomoindan ham labaratoriya va boks xonalari bilan tanishtiruv ishlari tashkil etildi. Bugungi kunda o‘quvchi-yoshlarni ilmga, fanga qiziqtirish maqsadida tashkil etilayotgan bir qator chora-tadbirlar qatorida tashkil etilgan bugungi “ochiq eshiklar” kunini samarali tashkil etishga ko‘makdosh bo‘lgan barcha professor-pedagoglarimiz birgalikda fidoyi ko‘makdosh bo‘ldilar.

Kelajak avlodga bo‘lgan e’tibor orqali o‘z kasbini ustasi degan nomga loyiq ustoz-pedagoglarimiz tomonidan kasb-hunar maktabi bitiruvchilarining ongida bizning universitetimizga o‘qishga kirish xavasi va intilishi yanada ortdi degan umiddamiz.