TIQXMMI yangiliklari

img
20.08.2022

Ochiq darsdagi mavzu

17 avgust kuni “Gumanitar fanlar” kafedrasining mudiri, t.f.d, prof. Sh.M. O‘ljaeva  “O‘zbekiston tarixi” kanalida “Komil insonni tarbiyalashda Vatan tarixining o‘rni” mavzusida ochiq dars o‘tdi. Ochiq darsda har bir fuqaroning, xususan yoshlarning milliy tariximizni yaxshi bilishi ularda faxr va iftixor, vatanparvarlik tuyg‘ularini uyg‘otishga xizmat qilishi, bugungi globallashuv jarayonida tarixiy bilimlar ular ongida mafkuraviy immunitet paydo qilishi haqida alohida to‘xtalib o‘tdi.  Yangi O‘zbekiston jamiyatini qurishda milliy tarixning o‘rni kattadir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. M. Mirziyoev ta’kidlab o‘tganlaridek, “Agar iqtisodiy o‘sish, taraqqiyot- jamiyatimizning tanasi bo‘lsa, ma’naviyat- ma’rifat va siyosiy ong yetukligi uning ruhi, aqli va jonidir. Buyuk davlat, buyuk kelajagimizga erishish uchun oqil, ma’rifatli, ayni paytda o‘zining o‘tmishi, ulug‘ qadriyatlari, millati bilan faxrlanadigan va kelajakka ishonadigan insonlarni tarbiyalashimiz kerak”. Ochiq darsda tariximizda ravnaq topgan va tanazzulga uchragan davrlar, ularning kelib chiqish sabablari va oqibatlari haqida ham ma’lumotlar berib o‘tildi.

                    Universitet matbuot xizmati