Nutq va xulqning o‘rni
Notiqlik san'atiga qiziquvchi talabalar hali to‘la yetib kelishiga qaramasdan ayrimlari bilan birga tyutorlar faollikni qo‘lga olishdi. So‘zlarning ma'nodoshini topish va matn yaratish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotni boshlab yuborishdi. Inson hayoti mobaynida notiqlik zarur ekanini tyutor Aziza Hayitova o‘z faoliyati misolida so‘zlab berdi. Ustoz R.Jumaniyozov o‘z kabinetida darsning nazariy qismini o‘tib bo‘lgach uning amaliy tomonini Toshkent telekanalining "Gap chiqdi" ko'rsatuvida davom ettiish maqbulligini e'tirof etdi. Tyutor va talabalarning ayrimlari o‘sha ko‘rsatuvda, jonli efirda ishtirok etishdi.
Mavzu ham nutqiy va xulqiy madaniyat inson hayotidagi o‘rni, xususan, "Kuyovlikka tayyor yigit qanday bo'lishi kerak?" mavzusida bahsli va munozarali jarayonda notiqlik mahorati sinovdan o‘tkazildi. Ammo bu mavzu ancha bahsli, munozarali. Shu bois ushbu mavzu atrofida fikrlar xilma-xilligi qizg'in kechdi. Tyutorlar Nuraliyeva Zilola, Hayitova Azizalar bo'lajak kuyovlar ham ma'naviy, ham moddiy ta'minotga ega bo'lgan, mas'uliyatli bo'lishi lozimligini ta'kidlashdi. Talabalar Sardor Sattorov, Jasur To'qsonovlar ham bo'lajak kuyov sifatida o'z mulohazalarini bayon etishdi.
Abdulla Oripov stipendiyasi sohibi J.To'qsonov she'riy ijod namunasi bilan qarsaklarga sazovor bo'ldi. Tok-shoudan qaytar ekanmiz talaba yigitlar gap-so'zlaridan mamnun kayfiyat hamda munozaralarga boy takror davra ishtiyoqini sezib, hayotda nutq va xulqiy madaniyat oila mustahkamligining muhim quroli ekanini idrok etgan holda qaytib keldik.
Tyutor Z.Nuraliyeva axboroti
Universitet matbuot xizmati