TIQXMMI yangiliklari

img
24.11.2022

Nutq va mantiq - notiqlikning ikki qanoti

Odatdagidek, soat 13:30 da "Notiqlik mahorati" oʻquv kursi talabalari kuzgi yakuniy imtihonlari bilan band bo‘lishlariga qaramasdan nutq san’atiga qiziquvchi talabalarning muayyan qismi mashg’ulotlarda ishtirok etishmoqda. Dars jarayonlari har galgi kabi "Turon bank" xonasida boʻlib oʻtdi. Bugungi dars mashgʻuloti “Bogʻlash sanʼati”ni yanada yaxshiroq oʻrganish boʻyicha boʻldi. Darsda Sardor Sattorov va Toʻlqin Ergashovning ismlaridagi harflarga talabalar soʻz topib gap tuzish orqali notiqlik sanʼatining asosiy qismi boʻlmish mantiqiy bogʻlash sanʼatini chuqurroq oʻrganib olishdi.

Ustoz talaba yoshlarga namuna sifatida gaplarni juda chiroyli bogʻlashni oʻrgatdilar. Mashgʻulotning "Hazilga va xursandchilikka boy maqomi" nominatsiyasiga daʼvogar shu  mashgʻulot  boʻldi. Darhaqiqat, ustoz Rahimboy Jumaniyozov taʼkidlaganlaridek, mantiqan bogʻlash sanʼati Notiqlik asosidir. Talabalar moziyga qaytib Notiqlik sanʼatini tarixi bilan yana bir bor yuzlashishdi. Mashgʻulotda Muqimov Bahriddin domla tarixdagi notiqlar, ularning qay tarzda rivojlanganliklari haqida toʻla - toʻkis  maʼlumot berdilar. Zero, Notiqlik - oʻtmish soʻz sanʼatining eng ommaviy barkamol natijalaridan boʻlib, bu sanʼatni sharqda voizlik deb atashgan. Shunga koʻra nutq-vaʼz, notiq-voizdir. Dars mashgʻuloti shu yoʻsinda mazmunli davom etganidan talabalar vaqt juda tez oʻtganini sezmay qolishdi. Fursatdan foydalanib dars mashgʻulotini tashkil etib bergan universititimiz rektoriga, fidoyi ustozimiz Rahimboy Jumaniyozovga tashakkur bildiramiz.

 

QSXET fakulteti 1-bosqich talabasi T.Shukurullayev axboroti

Universitet matbuot xizmati