TIQXMMI yangiliklari

img
01.04.2022

Nutq - siyrat ko'zgusi

Inson o‘zining tashqi ko‘rinishiga qarab kiyimlariyu sochini tuzatadi. Nutq esa uning ichki dunyosining oynasi. Shuning uchun ham xalqimizda shunday maqol bor: o‘zingga qarab kutarlar, so‘zingga qarab kuzatarlar. Odamzodning o‘zligi uchun ko‘zgu uning so‘zligidir. So‘zi uning bilim-saviyasi, dunyoqarashi va tafakkur darajasini bildiradi. Har qanchalik bilimga ega bo‘lmasin, o‘zining fikrini erkin tarzda ifodalay olmagan talaba, hatto pedagog ham hali ancha o‘z ustida, so‘z ustida ishlashi kerak bo‘ladi.

Talabalarning nutqini o‘stirish asosida ularning tafakkurini takomillashtirish taklifi bilan chiqqan universitetimiz rektori, professor Bahodir Mirzayevning talab va topshiriqlariga muvotiq yettita fakultetning birinchi bosqich talabalari bilan Nutq madaniyati va notiqlik san'ati fani yuzasidan fakultativ mashg‘ulotlar boshlab yuborildi.

Kuni kecha tashkil etilgan navbatdagi mashg‘ulot ham ana shu maqsadning ro‘yobi sifatida ahamiyat kasb etgani rost.

Har bir talaba yoki magistrantlarning ta'lim tizimida ikki qanoti bor. Buning biri bilim bo‘lsa, ikkinchisi ravon nutqdir. Darsga muntazam qatnashib, amaliy mashg‘ulot va mashqlarni bajarishni kanda qilmaganlar, albatta ijobiy natijaga erishadilar.

Universitet matbuot xizmati