TIQXMMI yangiliklari

img
04.11.2023

Nufuzli yig‘ilishda talabalarimiz ishtiroki

2023 yilning 1-2 noyabr kunlari Toshkent shahrida Davlatlararo suv xo‘jaligini muvofiqlashtirish komissiyasining 85-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Tojikiston, Turkmaniston, Qozog‘iston, O‘zbekiston delegatsiyalari, komissiyaning ijro etuvchi organlari hisoblangan “Amudaryo” va “Sirdaryo” havzalari suv xo‘jaligi birlashmalari, shuningdek, komissiya kotibiyati va Ilmiy-axborot markazi rahbarlari ishtirok etdi.

Tadbirni Davlatlararo suv xo‘jaligini muvofiqlashtirish komissiyasi a’zolari – O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vaziri Sh. Xamrayev, Qozog‘iston Respublikasi suv resurslari va irrigatsiya vaziri N.Nurjigitov, Tojikiston Respublikasi energetika va suv resurslari vazirining birinchi o‘rinbosari J. Shoimzoda, Turkmaniston Respublikasi Suv xo‘jaligi qo‘mitasi raisi D. Genjiyev kirish so‘zi bilan ochib berdi.

Tadbirda universitetimizning “Gidromelioratsiya” fakulteti birinchi va to’rtinchi bosqich iqtidorli talabalari ishtirok etildilar.  Birinchi bosqich talabalari bilan Ismail Xakimovich Jurabekov soha bo’yicha o’zro muloqot o’tkazdi.

Bu talaba yoshlar uchun katta mativatsiya bo’ldi. Tadbir yakunida “Yashil makon” umummilliy dasturiga uyg‘un tarzda ko‘chat ekish marosimi bo‘ldi. Tashabbuskor yoshlar bu ko‘chatlarga “Do‘stlik daraxtlari” deb nom berishdi.

Universitet matbuot xizmati