TIQXMMI yangiliklari

img
29.06.2024

Nufuzli xorijiy universitetlarning professor-o‘qituvchilari bilan davra suhbati

Joriy yilning 28-iyun kuni “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universitetining “Qishloq xo‘jaligi texnika va texnologiyalari” kafedrasiga AQSHning Shimoliy Dakota shtati universiteti professori Sulaymon Eshkabilov va Germaniyaning Xoxenxaym universiteti professori Golibjon Sharipovlar tashrif buyurib, professor-o‘qituvchilar, yosh olim, magistr va doktorantlar uchun zamonaviy yo‘nalishlarda ilmiy-tadqiqot ishlarini borishi, nufuzli jurnallarga maqolalar tayyorlash va chop etish, xorijda doktoranturada o‘qish tartiblari va boshqa masalalar bo‘yicha davra suhbati-seminar tashkil etildi.

Davra suhbati-seminarda vatandosh professorlarimiz tomonidan bugungi kunda AQSH va Germaniyada olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari, halqaro grant tanlovlariga zamonaviy yo‘nalishlarda loyihalar topshirish va loyihalarni yuqori sifatda bajarish, natijalar olish va olingan natijalar asosida nufuzli jurnallarga maqolalar tayyorlash va chop ettirishning o‘ziga xos jihatlari haqida kerakli ma’lumotlar berildi. Yosh olimlarga xorijda doktoranturada o‘qish va ilmiy-tadqiqot ishlari olib borish tartiblari bo‘yicha o‘z tajribalari bilan bo‘lishishdi.

Davra suhbati ishtirokchilarda katta ta’surot qoldirdi va o‘zlarini qiziqtirgan masalalar bo‘yicha ko‘p ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.

“Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti

“Qishloq xo‘jaligi texnika va texnologiyalari” kafedrasi dotsenti A.Borotov axboroti

Universitet matbuot xizmati