TIQXMMI yangiliklari

img
29.03.2023

Nufuzli xalqaro forum

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan 27-mart kuni Oʻzbekiston-Koreya oliy taʼlim muassasalalari rektorlari forumi oʻtkazildi. Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida boʻlib oʻtgan xalqaro forumda 100 dan ortiq oliy taʼlim muassasalari rahbarlari, vazirlik va idoralar masʼullari ishtirok etishdi.

Anjumanda ikki mamlakat oliygohlari o‘rtasida ta’lim va fanni yanada integratsiyalashtirish, salohiyatli kadrlar tayyorlash, malaka oshirish va ilmiy faoliyatdagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Forum yakunida "TIQXMMI" MTU va Sunmoon Universitetlari tomonidan o’zaro hamkorlik memorandumi imzolandi. Memorandum asosan ikki mamlakat oliy o‘quv yurtlari o‘rtasida to‘g‘ridan - to‘g‘ri hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga qaratilgan.

Universitet matbuot xizmati