Notiqlikdan ochiq dars
Joriy yilning 22-aprel kuni Universitetimizning V bino 7-ma'ruza zalida "notiqlik san'ati" dan navbatdagi oflayn dars mashg'uloti bo'lib o'tdi. Ushbu darsda QXM fakulteti talabalari hamda ularning tyutorlari qatnashdilar.
Bilamizki, qaysidir Universitetni yoki oliy ta'limni bitirib o'zini sohasining mutaxassisi bo'lsada, so'z boyligi bo'lmasa befoyda. Shunday ekan, jamoa oldida, davraga chiqganda gapira olish va fikrini ifoda eta olish muhim ahamiyatga ega. Har kim o'z sohasining yetuk mutaxasisi bo'libgina qolmay, atrofidagilarni ergashtira olish uchun lider bo'lishi kerak, g'oyalarini, fikrlarini, rejalarini ifoda eta olishi kerak. Buning uchun albatta, nutqi va so'z boyligi alohida ahamiyatga egaligini Ustoz doim ta'kidlaydilar. Darsimiz davomida talabalar bir necha mashg'ulotlar bajarib borishdi. Jumladan, o'z qobilyatini, fikrini namoyon eta olgan talabalardan biri Lazizbek Eshmurodov bo'ldi. U qatorida Shohjahon Ismadov, Yodgor To'htameshov va Rasul Samandarov kabi talabalar faol qatnashdilar. Ushbu darsda talabalar bilan birgalikda tyutorlardan N. Karimov, D. Xudoynazarova, O. Abdullayevalar qatnashdilar.
GM fakulteti talabasi Madina Rustamaova axboroti
Universitet matbuot xizmati.