Notiqlik va yuksak bilim – insonning asosiy quroli
Soʼz – insonning eng kuchli quroli degan edi mashhur faylasuf Аristotel. Insondagi hech bir narsa soʼzchalik kuchli taʼsir kuchiga ega emas. Soʼz boʼlganda ham har qanday soʼz emas, balki badiiy, adabiy til meʼyorlariga amal qilgan soʼzlar uni mahorat bilan goʼzal tarzda yetkazib beruvchi notiq tilida dunyodagi eng dahshatli texnik quroldan ham katta kuchga ega boʼladi. Insonlarning fikrlarini oʼzgartirish, ularning qalbiga osonlikcha yoʼl topish uchun notiq boʼlish kifoya.
Bugun “Yer resurslari va kadastr” fakulteti 2 - kurs va 3 - kurslar oʼrtasida “Notiqlik va yuksak bilim – insonning asosiy quroli” mavzusida davra suhbatida oʼtkazildi. Unda Universitet matbuot kotibi, professor, Rahimboy Jumaniyozov oʼz nutqi bilan talaba-yoshlarimizga notiqlik sanʼatining sir-u asrorlari toʼgʼrisida batafsil maʼlumotlar berib oʼtdi.
Talabalarga notiqlik sanʼati sirlari, oʼzbek tilining ahamiyati, kelib chiqishi, shuningdek, soʼzlardan tezkor gap yasash borasida ham atroflicha maʼlumot berib oʼtdi. Shundan soʼng talabalar bilan xotirani mustahkamlash boʼyicha mashqlar ham oʼtkazildi. Uchrashuv talabalarda iliq taassurot qoldirdi. Dars davomida yetuk notiqlarning chiqishlaridan lavhalar koʼrsatildi va talabalar oʼzlarining notiqlik mahoratlarini namoyish etishdi.
YRK fakulteti Yoshlar bilan ishlash boʼyicha dekan muovini H. Eshova axboroti
Universitet matbuot xizmati