TIQXMMI yangiliklari

img
22.02.2023

Notiqlik tilsimlari

Joriy yilning 21-fevral seshanba kuni har galgi kabi soat 13:30 da navbatdagi "Notiqlik mahorati" dars mashgʻuloti boshlandi. Xalqaro ona tili kuni haqida ma'lumot berish bilan boshlangan bugungi dars jarayoniga "Spiker" notiqlik sanʼati maktabi asoschisi Ikram Xudoybergenov mehmon sifatida, Notiqlik sanʼati mutaxassisi Sardor Sattorov va YerB fakulteti tyutori Dilbar Egamovalar ham qatnashishdi. Dars boshlanishidan oldin I. Xudoybergenov ajoyib bir voqeani soʻzlab berdi. Bu voqeada notiq qanday boʻlishi kerak, nimalarga eʼtibor berishi lozimligi hamda insonlarni qanday ishontirsh haqida talabalar maʼlumotlarga ega boʻlishdi. Soʻng tasodifiy tushgan soʻzlar ishtirokida mazmunli gaplar tuzish oʻyini oʻynaldi. Koʻpchilik talabalar aʼlo darajada qatnashishdi.

Soʻngra S.Sattorov tomonidan "Motivatsiya" haqida talabalarga maʼlumotlar yetkazildi. Bunda har bir shaxs Motivatsiya nima? degan savolga oʻzlarining javoblarini berishdi. Talabalarga eng katta Motivatsiya bergan narsa esa ustoz Rahimboy Jumaniyozovning "Sizlar endi katta sahnalarga chiqishingiz, nurq soʻzlashingiz kerak" degan gaplari boʻldi. Dars jarayoni tugash arafasida ustoz bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasining "Toshkent" kanaliga Jonli efirga borish reja qilib olindi.

          "Energetika" fakulteti 1-bosqich talabasi T.Shukurullayev

             Universitet matbuot xizmati