TIQXMMI yangiliklari

img
09.11.2022

Notiqlik sehri kitobga mehrdan

Bugun haftaning Seshanba kuni tushdan keyin soat 13:30 da "Notiqlik sanʼati" darsimiz yana start oldi. Ustozimiz Rahimboy Jumaniyozov Navoiy viloyatida xizmat safarida boʻlganliklari sababli biroz muddat onlayn yo‘sinda dars mashgʻuloti olib bordi. So‘ngra mashg‘ulotni davom ettirish uchun Sardor Sattarovga navbat berdilar. Sardor bo‘lg‘uvsi notiqlarning kitobga bo‘lgan munosabati haqida mashg‘ulot olib bordi.  Yana bir jarayonni aytib oʻtish joizki, biz qaysi kitoblarni oʻqishimiz haqida ham maʼlumot oldik. Dars jarayoni davomida Behzod bizga oʻzi tayyorlagan sheʼrlaridan oʻqib berdi. Soʻngra uyga vazifani soʻzlab berish jarayoniga keldik. Bunda menga "Baxt" soʻziga taʼrif berish vazifa sifatida berilgan edi. Garchi auditoriyada 20 nafar talaba meni tinglayotgan boʻlsa ham ozgina hayajon boʻldi, oʻzimni qatʼiyat ila qoʻlga olib menga tushgan mavzuni yoritib berdim. Darsimiz erkin oʻtdi va har bir talaba oʻzini qiziqtirgan savollariga javob olishdi. Fursatdan foydalanib darsni tashkil qilib bergan rektorimizga, bizga dars berayotgan Rahimboy Jumaniyozov hamda ularning shogirdlariga oʻz minnatdorchiligimizni bildiramiz.

QSXET fakulteti 1-bosqich talabasi Shukurullayev Toshpoʻlat axboroti

Universitet matbuot xizmati