TIQXMMI yangiliklari

img
11.03.2023

Notiqlik mahorati - sifatli ta'lim mezoni

Notiqlik mashg‘ulotining navbatdagisi O'zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining media markazida bo‘ldi desak xato bo‘lmas. O'sha kuni mikrofon oldida o‘zingni tutish hamda nutq texnikasiga amal qilgan holda, fikr yetkazishni ustoz Rahimboy Jumaniyozov o'tqazdilar. "Akademik soat" deb nomlangan ko‘rsatuvning navbatdagi sonida ustozimiz ishtirok etdi. Ko‘rsatuv keyingi shanba kuni "MADANIYAT VA MA'RIFAT" telekanali orqali efirga uzatiladi. Dars jarayonida  har xil oliy ta'lim muassasalaridan notiqlik mahorwtiga qiziquvchi talabalar ham ishtirok etishdi. Jumladan, "Mirzo Ulug'bek" nomidagi  O'zbekiston Milliy universitetining "Jurnalistika" va "O'zbek tili filologiyasi" fakulttlarida tahsil olayotgan talabalar va O'zbekiston davlat Jahon tillari universitetining talaba yoshlari ham faol ishtirok etdilar. Dars mavzusi "Notiqlik mahorati - sifatli ta'lim mezoni" deb nomlangandi. Hozirgi kunda hammamizga ma'lumki, har qanday professor, dotsent yoki o'qitivchilar ham o'z fikrlarini erkin va to'laqonli bayon eta ola olmasligini va jamiyatdagi ayrim lavozimdagi insonlar o'z ham bu nuqsondan xoli emasligini ta'kidlash o‘rinlidir. Shuningdek, darsimizning eng qizg'in nuqtalaridan biri notiqlik turlari bilan tanishib chiqdik. Notiqlik mahoratini chinakam egallagan  mutaxassis o'z yutuqlariga  osonlik bilan erisha oladi. Shuni aytish joizki, "Notiq nutqi fikr va tuyg'uni ta'sirchan shaklda, ishonarli tarzda tinglovchiga yetib borishi va namoyon bo'lishidir". Ushbu jumlalar yuqoridagi fikrga yaqqol misoldir.

Shuningdek, dars davomida ustoz va o'quvchi o'rtasida qiziqarli suhbatlar va muhokamalar bo'ldi. So'zning o'z o'rnida qo'llanilishiga doir hikoyalar va jumboqlar bilan dars qizg'in davom etdi. Notiqlik mahoratida ham nazariy, ham amaliy mashg'ulotlar juda muhim va buni ustoz ham ta'kidkab o'tdilar. Bilamizki, ba'zi universitetlardagi darslar nazariy kuchli o'tiladi lekin amaliy tomondan oqsoqlik seziladi. Shu borada  ta'lim sohasida rivojlangan  davlatlardan Yaponiya, Finlandiya va Germaniya ta'lim tizimi bularga asosli misol bo'la oladi. Chunki, ushbu davlatlarda ta'lim tizimi anchayin ilgarilab, o'z muvaffaqqiyatlariga erishmoqdalar. Xalqimizda uzoq yillardan buyon  og'riqli muammolaridan biri yosh avlodni o'z fikrini erkin namoyon qila olmasligidir. Xo'sh, bunga kimlar sababchi? O'ylaymizki, qars ikki qo'ldan chiqadi deganlwridek jamiyatda ko'pchilikni aybi bordir. Shuning uchun ham maktabgacha ta'lim muassalaridan boshlab notiqlik darslari yo'lga qo'yilish masalalari ilgari surilmoqda. Chunki, har bir bola o'z fikrini erkin bayon qilsa, maqsadlari ham aniq bo'ladi. Va albatta bu kelajagi porloq bo'lishini yana bir kalitidir. Dars davomida talabalar tomonidan berilgan savollarga ustoz aniq misollar bilan javob berdi. Darsimiz so'nggida esa talabalar ustozni notiqlik darslariga a'zo bo'lish istagini  bildirdilar. Umid qilamanki, ushbu dars televizor va ijtimoiy tarmoqlarda tomosha qilayotganlar uchun ham foydali bo'ladi.

"Iqtisodiyot" fakulteti "Iqtisodiyot" yo'nalishi talabasi Zilola Pardayeva axboroti

          Universitet matbuot xizmati