TIQXMMI yangiliklari

img
08.05.2023

Normativ - huquqiy hujjatlar haqida

2023 yilning 6 may kuni "TIQXMMI" Milliy tadqiqotlar universiteti  B-bino 109-o'quv  auditoriyasida “NORMATIV HUQUQIY HUJJATLARNI ISHLAB CHIQISH TARTIBI” mavzusida navbatdagi seminar bo'lib o'tdi. Seminarda Turon bank ATB Yuridik xizmati rahbari Maxmudov Faxriddin Fazliddin o'g'li mavzu yuzasidan o‘z taqdimoti bilan ishtirok etdi. Tadbirni “Iqtisodiyot” fakulteti dekani R.Xakimov ochib berdi, u kirish so'zida Turon bank ATB mutaxassislari  tomonidan haftaning har shanba kunlari turli mavzularda o'tkazib kelinayotgan ochiq muloqotlar bugungi kunda talabalarning bank sohasida nazariy bilimlarini “Turon bank”  ATB ning aniq ma'lumotlari misolida amaliyot bilan uyg'unlashtirishiga xizmat qilayotganini ta'kidlab o'tdi. Turon bank ATB Yuridik xizmati rahbari F.Maxmudov taqdimotida Turon bank ATBda Huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish uchun asos bo'luvchi hujjatlar - O'zbekiston Respublikasining O'RK-682-sonli «Normativ-huquqiy hujjatlar to'g'risida» Qonuni, Turonbank ATBning Ustavi, «Turonbank ATB Boshqaruvi to'g'risida»gi Nizomiga alohida to'xtalib o'tdi.

Shuningdek, Qonun loyihasi (qonun) normalarini bayon etishga doir umumiy talablar, Loyihalarni yuridik-texnik jihatdan rasmiylashtirish va rasmiy e'lon qilish manbalarini ko'rsatish tartibi haqida gapirdi. Qabul qilinayotgan ichki me'yoriy hujjat loyihasi bir necha bosqichdan o'tishi, ya'ni Yuridik ekspertizaga, bank ekspert guruhi muhokamasiga, Bank Kuzatuv kengashi va Boshqaruv muhokamasiga kiritilishi, agar ijobiy xulosa berilsagina ro'yxatga olish jarayonlari amalga oshirilishi haqida tushuntirib berdi. Bugungi mavzu bo'yicha talabalar savollariga javoblar olishdi, ayniqsa, fakultetda ta'lim oluvchi “Liderlar” klubi a’zolari hamda  “Turon bank”  ATB stipendiasi sovrindorlari o'z fikr va takliflari bilan ishtirok etishdi.

         "Iqtisodiyot" fakulteti tyutori M.Vafoyeva axboroti

       Universitet matbuot xizmati